Режим отображения
A A A
Размер текста
A- A A+
Экранный диктор
Включить / Отключить
Войти
Информационно - библиотечный центр «Bilim» города Ташкента
Баннеры в шапке сайта 2
Баннеры в шапке сайта 3
Баннеры в шапке сайта 1

Vatan deya urar yuragi

Vatan deya urar yuragi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilliga hamda Vatan himoyachilari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholi orasida milliy armiyadan faxrlanish va unga bo'lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2019 yil  11 yanvar kuni "Bilim" axborot-kutubxona markazida  "Vatan deya urar yuragi" nomli mavzuli  ko'rgazma axborot-bibliografiya bo'limi mutaxassislari tominidan  tashkil etildi va  yosh foyadalanuvchilar uchun bibliografik obzor o'tkazildi. Unda milliy armiya, xarbiy mavzuga bag'ishlangan adabiyotlar, O'zbekiston jangchilarining urushdagi korsatgan jasoratlari  haqida so'zlovchi kitoblarni taqdim etdi. 

Kasbga sadoqat timsoli

Kasbga sadoqat timsoli

2019 yil 8 yanvar kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografiya bo’limi mudiri V. K. Muratovaning 50 yoshli tavallud kuni va “Bilim” AKMdagi ish faoliyatining 25 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo’lib o’tdi. «Bilim»  AKM direktor o’rinbosari S. E. Kamilova  o’z  nutqida  Muratovaning kutubxonamiz va axborot-bibliografliya ishini  rivoji uchun qo’shgan hissasini alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, «Bilim»  AKM tomonidan V. Muratovaga tabriknona topshirildi. So’ngra, kutubxona xodimlari o’zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar va  ish jarayonida berayotgan ko’maklari uchun  Vinera Kudduzovnaga o’z minnatdorchiligini  izhor qildilar. Tadbir so’ngida «Bilim» AKM direktor o’rinbosari V. K. Muratovaga butun  jamoa nomidan esdalik sovg’alarni  topshirdi.

Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o'tkazilayotgan izchil islohotlar mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini ishonchli himoyasini ta'minlash borasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.  O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi, hamda Vatan himoyachilari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholi orasida milliy armiyadan faxrlanish va unga bo'lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini kuchaytirish hamda   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi F-5413-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida: 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar vatanparvarlik oyligi dasturiga asosan, Toshkent xarbiy okrugida va Toshkent shahar «Bilim» axborot – kutubxona markazi bilan hamkorlikda «Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» shiyori ostida ma'naviy – ma'rifiy hamda musiqiy kecha bo'lib o'tdi. Tadbirni Toshkent xarbiy okrugi polkovnigi B. T. Urolbayev ochib berdi va barcha ishtirokchilarni  yangi yil bilan tabrikladi. Shuningdek,  so'z navbati  Mudofa vazirligi ma'naviy – ma'rifiy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i I. Oltinovga berildi. U hamkasblarini O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi, hamda yaqinlashib kelayotgan 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan qutlab, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Vatanimiz gullab - yashnashida  Qurolli Kuchlarning o'rni haqida to'lqinlanib gapirdi. Tadbir davomida serjantlar tomonidan Vatan, Ona yurt  haqida se'rlar o'qild eshittirildi.  Harbiy hizmatchilarni kitobga ehtiyojini qondirish va mutolaa madaniyatina oshirish maqsadida Toshkent shahar «Bilim» axborot – kutubxona markazi mutaxassislari kochma kutubxona,  ko'chma  ko'rgazma va bibliografik sharhlar o'tkazdilar, hamda «Ziyo nashr», «Sharq ziyokori» va boshqa kitob do'konlari tomonidan kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Tadbir yakunida Uchtepa tumani 9-sonli madaniyat va axoli dam olish markazi san`atkorlari tomonidan «Jonim fido senga-ona Vatan!» sadosi ostida kuy ko'shiqlar ijro etildi.

Yangi yil ostonasida

Yangi yil ostonasida

2018 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida «Yangi yil ostonasida» nomli tadbir bo'lib o'tdi. 2018 yil yakunida foydalanuvchilarga xizmat korsatish bolimi xodimlari tomonidan 18 yoshdan 25 yoshgacha bolgan kitobxonlar orasidaYilning eng faol kitobxoni”, “Yilning bilimdon kitobxoni”, “Yilning quvnoq kitobxonianiqlandi. AKM mutaxassislari kitobxonlarni kirib kelayotgan yangi 2019 yil bilan tabriklab, yosh avlodga kelajakda o'qishlariga va ishlariga omad va ulkan zafarlar tiladilar. Tadbir yakunida tantanali ravishda yoshlarga esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Kitobni tanlab, saralab o'qish - kitobxonlik madaniyatini belgilovchi mezonlardan biridir

Kitobni tanlab, saralab o'qish - kitobxonlik madaniyatini belgilovchi mezonlardan biridir

2018 yil 21 dekabr kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazining elektron kutubxonasida faol kitobxon klubi a’zolari ortasida «Kitobni tanlab, saralab o'qish - kitobxonlik madaniyatini belgilovchi mezonlardan biridir» mavzusida navbatdagi mashg’ulot bo’lib o’tdi. Tadbirni «Bilim» AKM direktori orinbosari S. E. Kamilova ochib berar ekan, oz nutqida kitobning hayotimizdagi orni hamda faol kitobxonlar klubining vazifalari haqida aytib otdi. Mavzu yuzasidan kutubxona xodimi D. Xayrullayeva «Kitobni tanlab, saralab o'qish kitobxonlik madaniyatini belgilovchi mezonlardan biridir» nomli video rolikni hamda slayd taqdimotini kitobxonlarga namoyish etdi. Shuningdek, mashgulot davomida Abdulla Qodiriyning «Otkan Kunlar» romani muhokama qilindi, asardagi salbiy va ijobiy qahramonlar aniqlanib, ularning ichki kechinmalari organildi. Taqdimot yuzasidan faol kitobxon klubi azolaridan Y. Qilicheva, M. Hamidullayev, K. Azizov, Z. Shodiyevlar oz fikr mulohazalarini bildirdilar. So’ng tadbir yakunida kitobxonlarni bilimini charxlash maqsadida «tezkor savol-javoblar» o’tkazildi. Shu bilan klubning 2018 yilda rejalashtirilgan tadbirlari o’z nihoyasiga yetdi.

Kitoblar olamiga sayohat

Kitoblar olamiga sayohat

2018 yil 17 dekabr kuni Toshkent shahridagi 184-umumtalim maktabining sinf rahbari boshchiligida 2 E sinf oquvchilariga «Bilim» АКМ boylab ekskursiya otkazildi. Oquvchilarga AKM mutaxassisi kutubxona tarixi, xozirgi kundagi faoliyati haqida malumot berdi. Shuningdek, kutubxona fondida mavjud bo’lgan barcha bolalarni qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishtirdi. «Bilim» АКМ mutaxassisi o’quvchilarni kutubxona muzeyi bilan tanishtirib, nodir nashrlar fondi, elektron o’quv zalida foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida qiziqarli tarzda so’zlab berdi. Yosh kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, kutubxonaga a’zo bo’ldilar.

Mutolaa zavqi

Mutolaa zavqi

2018 yil 14 dekabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi va RIMSAL bilan hamkorlikda litsey oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Mutolaa zavqi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirga yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon, publitsist X. Sattoriy, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muxarrir oʻrinbosari B. Xaydarov, “Adolat” gazetasi muxbiri S. Maʼmurovlar “Bilim” AKM tomonidan taklif qilindi. Davra suhbati davomida o’quvchi yoshlar o’zlari yozgan sheʼrlari va kichik hikoyalarini mehmonlarga xavola etishdi. Shunungdek, X. Sattoriy kitob oʻqish madaniyati, mutolaa zavqi haqida ishtiyoq bilan so’zlab berdi. B. Xaydarov esa ijodkor oʻquvchilardan yanada mukammal ijod qilishlari uchun qimmatli maslaxatlarini berdilar. Ijodkor o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga yozuvchilar tomonidan javoblar olishdi. Tadbir baxs va munozaralarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Yakuniy qismida “Bilim” AKM mutaxassisi o’quvchilarga kutubxonada mavjud bo’lgan mumtoz va zamonaviy adabiyotlarni mutolaa qilib, o’zlarining ijodiy qobiliyatlarini yanada oshirishi uchun kutubxonaga tashrif buyurishlarini ta’kidladi. “Bilim” axborot-kutubxona markazi tomonidan faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar taqdim etildi. Yozuvchilar esa kutubxona fondini boyitish va foydalanuvchilarga o’qish imkoniyatini yaratish uchun o’z asarlarini sovg’a qilishdi . Tadbir yuqori saviyada oʻtkazildi.

Kitobxon giziqishlarini o’rganish – kutubxonaning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir

Kitobxon giziqishlarini o’rganish – kutubxonaning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 13- sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida” gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida, 2018 yil 5-7 dekabr kunlari «Bilim» axborot-kutubxona markazida 100 dan ortiq turli yoshdagi va turli toifadagi kitobxonlar o’rtasida «Men sevgan kitob» mavzusida anketa-so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnomani o’tkazishdan maqsad, kitobxonlar talab va ehtiyojini o’rganish, ularni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash, kitob mutolaasini shakllantirishdan iborat. So’rovnomada 15 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan kitobxonlar qatnashdilar. So'rovnoma natijasiga ko'ra, hozirgi kunda eng ko’p o’qilayotgan o’zbek va qardosh xalqlar adiblaridan O’. Hoshimov, A. Qodiriy, T. Malik, S. Axmad, Ch. Aytmatov asarlari, rus va chet el adiblaridan A. Pushkin, L.Tolstoy, F. Dostoyevskiy, E. Heminguey, M. Tven, G. K. Anderson, D. Defo, Shekspir, A.Dyuma asarlari ekanligi aniqlandi. Hozirgi kunda mutolaa qilinayotgan badiiy asarlardan sarguzasht, detektiv va tarixiy janrdagi adabiyotlar kitobxonlar tomonidan ko’proq mutolaa qilinmoqda. Ushbu so'rovnomani o’rganish natijasida kitobxonlar qiziqishi, talab va extiyojlari, AKM fondini zarur bo’lgan adabiyotlar bilan to'ldirish va butlash, ularning elektron resurslari bilan ta’minlash darajasi aniqlandi.

Davlatning eng muhim hujjati

Davlatning eng muhim hujjati

2018 yil 6 dekabr kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizning asosiy qonuni - Konstitutsiya, shuningdek, huquqiy asarlarni targ'ib qilish, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlash maqsadida «Davlatning eng muhim hujjati» mavzusida ko'rgazma va bibliografik obzor tashkil etildi. Bibliografik оbzor davomida kutubxona mutaxassisi foydalanuvchilarni ko'rgazmada taqdim etilgan Konstitutsiyamizning eng muhim qoidalarini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishtirdi. Undan tashqari davlatimiz va Konstitutsiyamizni tarixi, qonunga oid sharhlarni va foydalanuvchilarning barcha ijtimoiy toifalari uchun qiziqish uyg'otadigan turli xil qonunchilik nashrlari ma’lumot berdi.

Buni hamma bilishi zarur!

Buni hamma bilishi zarur!

2018 yil 5 dekabr kuni Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi va Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Chilonzor tumani 183-sonli umumtalim maktabning 9-11 sinf o'quvchilari uchun «1-dekabr Вutunjahon OITSga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «Buni hamma bilishi zarur mavzusida davra suhbati bo’lib o'tdi. Tadbirda «Bilim» axborot-kutubxona markazi tomonidan «Ogoh bo'ling! OIV/OITSdan saqlaning!» deb nomlangan mavzuli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi va kutubxona mutaxassisi taqdim etilgan adabiyotlar boyicha bibliografik obzor otkazdi. Tadbirni 183-sonli maktab psixologi ochib berdi. U oz nutqida ushbu kunda butun dunyoda OITS haqida, bu global epidemiya odamzodning mavjud bolishiga qanday taqdid solishi haqida gapiriladi. Shunigdek, u OIV infeksiyasiga qarshi qurashda keng kolamli profilaktika va axborot ishlarini tashkil qilish muhim vazifa ekanligini takidlab otdi. Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi R. M.Yakubov so'zga chiqib: «OIV - inson immunitet tanqisligi virusi» mavzusida o’quvchilarga so’zlab berdi. Tadbir davomida «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan tayorlangan «Ogoh bo’ling, OITS» multimediya mahsuloti namoyish etildi. Shuningdek, o'quvchilarning daslabki OIV kasallik belgilari haqida bergan savollariga to'liq javob berib, OIV/OITS kasallik haqidagi eslatmalarni tarqatdi.

 

Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi R.M.Yakubov so'zga chiqib: «OIV - inson immunitet tanqisligi virusi» mavzusida o’quvchilarga so’zlab berdi. Shuningdek, o'quvchilarning daslabki OIV kasallik belgilari haqida bergan savollariga to'liq javob berib, OIV/OITS kasallik haqidagi bukletlarni tarqatdi. Tadbir yakunida AKM bosh kutubxonachisi M.Inoyatova kutubxonada mavjud ushbu mavzuga oid adabiyotlar haqida ma’lumot berdi.

Последние поступления
Реклама 1
Реклама 2
Реклама 3
Заведения
Баннер реклама 1
Баннер реклама 2